SALOMATLIK SARI — 5000 QADAM!

Bugun Navbahor tumani 2-son texnikumida o‘quvchilar va texnikum xodimlari ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan “Salomatlik sari — 5000 qadam” chaqirig‘i ostida piyoda yurish aksiyasi tashkil etildi.
💚 Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — yoshlar va pedagog-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, muntazam piyoda yurishning inson salomatligi uchun foydali ekanligini targ‘ib etish hamda faol hayot tarzini shakllantirishdan iborat.
🚶‍♂️ Aksiya davomida texnikum o‘quvchilari va xodimlari birgalikda belgilangan yo‘nalish bo‘ylab piyoda yurib, 5000 qadamni bosib o‘tdilar. Yurish jarayonida ishtirokchilar nafaqat jismoniy faollik bilan shug‘ullandilar, balki o‘zaro muloqot qilib, ko‘tarinki kayfiyatda mazmunli vaqt o‘tkazdilar.
🏃‍♀️ Bugungi kunda yoshlar orasida sog‘lom va faol hayot tarzini shakllantirish, ularni sport va jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish muhim vazifalardan biridir. Zero, harakat — salomatlik garovi, muntazam piyoda yurish esa sog‘lom hayot tarzining eng oddiy va samarali ko‘rinishlaridan biridir.
🤩5000 qadam — shunchaki raqam emas, balki sog‘lom kelajak sari tashlangan 5000 ta qadamdir!
💚 Sog‘lom avlod — sog‘lom jamiyat!
🚶 Har bir qadam — salomatlik sari!

Related Posts