ONA TILI VA ADABIYOTI FANIDAN OLIMPIADA O‘TKAZILDI

2026-yil 24-sentabr kuni Navbahor tumani 2-son texnikumida talabalar o‘rtasida ona tili va adabiyoti fanidan bilimlar bellashuvi — olimpiada tashkil etildi.
Olimpiadadan asosiy maqsad — talabalarning ona tili va adabiyoti faniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning bilim, dunyoqarash, mustaqil fikrlash, tahlil qilish va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
📝 Bellashuv davomida ishtirokchilarga ona tilining grammatik va leksik me’yorlari, imlo qoidalari, adabiyot tarixi, badiiy asarlar, adiblar hayoti va ijodi hamda adabiy-nazariy tushunchalarga oid savol va topshiriqlar berildi.
Talabalar berilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida o‘z bilimlarini namoyon etib, tezkor fikrlash, mantiqiy yondashuv va mustaqil xulosa chiqarish qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
🏆Olimpiada yakunida yuqori natija qayd etgan talabalar aniqlanib, ularni munosib rag‘batlantirish hamda kelgusida fan olimpiadalarida ishtirok etishga tayyorlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday fan olimpiadalari yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishini kuchaytirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🤩 Navbahor tumani 2-son texnikumida bilimli, izlanuvchan va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda!

Related Posts