Navbahor tumani 2-son texnikumida “Chopon” restorani asoschisi Raxmonov Anvar Akbarovich bilan o‘quvchilar uchrashuvi tashkil etildi.
🤝Samimiy muloqot davomida mehmon o‘zining hayot yo‘li, biznes olamiga kirib kelishi, tadbirkorlikdagi ilk qadamlari, erishgan yutuqlari va muvaffaqiyatga eltgan omillar haqida so‘zlab berdi.
💡Ayniqsa, yoshligidan tadbirkorlikka qiziqish, aniq maqsad qo‘yish, bilim olish, izlanish, tavakkal qilish va qiyinchiliklardan cho‘chimaslik kabi muhim jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
🎯 O‘quvchilarga bugundan boshlab o‘z ustida ishlash, yangi g‘oyalar yaratish, zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallash hamda kelajakda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish uchun qanday harakat qilish kerakligi yuzasidan foydali tavsiyalar berildi.
🔥Uchrashuv yoshlar uchun katta motivatsiya va hayotiy tajriba maktabi bo‘ldi!
Unutmang: katta muvaffaqiyatlar kichik qadamlardan boshlanadi!
