Bugun Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i J. Kalandarov Navbahor tumani 2-son texnikumida bo‘lib, muassasadagi ta’lim jarayonining borishi, o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlaridagi ishtiroki va davomat holati bilan yaqindan tanishdi.
🏫 Tashrif davomida texnikumdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar jarayoni kuzatilib, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlardan foydalanish, amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish hamda o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
📚 O‘quvchilar davomati ham alohida nazoratdan o‘tkazildi. Dars mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning ishtiroki, faolligi va ta’lim jarayoniga munosabati o‘rganildi.
👨🏫 Pedagog xodimlar bilan muloqot davomida ta’lim sifatini yanada oshirish, darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha fikr almashildi va tegishli tavsiyalar berildi.
👩🎓👨🎓 Shuningdek, boshqarma boshlig‘i o‘quvchi-yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning ta’lim olish jarayoni, tanlagan kasblariga bo‘lgan qiziqishlari, kelgusidagi rejalari hamda takliflarini tingladi.
🔎 Tashrif yakunida texnikum rahbariyati va mas’ullarga ta’lim sifatini yanada yaxshilash, o‘quvchilar davomatini mustahkamlash, amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish hamda yoshlarning kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
📍 Navbahor tumani 2-son texnikumi
