NAVBAHOR TUMANI 2-SON TEXNIKUMI — KASBIY TA’LIM VA YOSHLAR TARBIYASI UYG‘UNLIGI

 

Navbahor tumani 2-son texnikumida yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday mas’uliyatli va muhim yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan xodimlardan biri — Qutliyev Fazliddin Ramazonovich.
👥 U texnikumda yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda turli tadbir va loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda.
👮‍♂️ Kasbiy mahorat — amaliy tajriba bilan
Qutliyev Fazliddin Ramazonovich payvandlash yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy malakaga ega mutaxassis bo‘lib, uning malakasi EN ISO 9606-1:2022 xalqaro standarti asosida berilgan payvandchi malaka sertifikati bilan tasdiqlangan.
⚙️ Texnikumdagi faoliyati davomida u zamonaviy payvandlash texnologiyalarini o‘rganish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘zining kasbiy tajribasini yosh avlodga yetkazishga alohida e’tibor qaratmoqda.
📍 Navbahor tumani 2-son texnikumida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega, zamonaviy kasblarni puxta egallagan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda.
👨‍💼Bizning kuchimiz — bilimli, malakali va kasbiga sadoqatli mutaxassislarda!

Related Posts