OCHIQ ESHIKLAR KUNI – KELAJAK KASB TANLOVIDAN BOSHLANADI!

OCHIQ ESHIKLAR KUNI – KELAJAK KASB TANLOVIDAN BOSHLANADI!
📍 Navbahor tumani 2-son texnikumida umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
🎓 Tadbir davomida maktab o‘quvchilariga texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud ta’lim yo‘nalishlari hamda zamonaviy kasb-hunarlarni egallash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
🤝 Mehmon o‘quvchilar texnikumning o‘quv xonalari, ustaxonalar va amaliy mashg‘ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, xalqaro Pearson BTEC ta’lim dasturi, uning imkoniyatlari va bitiruvchilarga taqdim etiladigan ikki diplom haqida tushunchalar berildi.
💡 Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelajakdagi kasb tanlovi yuzasidan kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Maqsadimiz – yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning qiziqish va qobiliyatlariga mos kasb tanlashlariga ko‘maklashish hamda malakali mutaxassislar tayyorlash!

✅𝐁𝐢𝐳𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐫𝐚𝐬𝐦𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐢𝐦𝐢𝐳 👇
🎮 Facebook | 📷 Instagram 📹 YouTube | ✈️ Telegram
🌐Linkedin

Related Posts