Joriy yilning 14 aprel kuni Navbahor tuman 2-son politexnikumi o’quvchi-yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarning bo’sh vaqtini to’g’ri va mazmunli tashkil etish,o’quvchilarning intelektual bilimlarining oshishi, dunyoqarashini kengayib, hozirjavoblik va topqirlik mahorati rivojlanishiga erishish maqsadida o’quvchilar o’rtasida «Zakovat» intelektual bilimdonlar bellashuvi tashkil etib o’tkazildi. Tadbir ta’lim muassasasi kutubxonachisi Xayrullayva Gulrabo tomonidan tashkil etildi. Tadbir haqida respublika, viloyat boshqarmasi, tuman va ta’lim muassasasining telegramm guruhlari orqali yoritildi.


