Navbaxor tuman 2-son politexnikumida viloyatda namuna sifatida ta’lim muassasasi o‘quvchilari hamda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish maqsadida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Navoiyazot” AJ, Ijtimoiy himoya agentligi, Yoshlar ishlari agentligi va Veterinariya va chorvochilikni rivojlantirish boshqarmalari tomonidan yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga quyildi.